IshKon
Vakansiyalar

Mantajyor · Shox Studio

2 500 000 so'm–10 000 000 so'm
Kompaniya
Shox Studio
Hudud
toshkent_sh
Joylangan
8 soat oldin
Ko'nikmalar
MantajyorOperator
Batafsil
Xodim kerak: Murojaat vaqti: 9:00-18:00 Ish vaqti: 9:00-18:00 ‼ Qo`shimcha: Vakansiya: studio boshqaruvchisi (media marketing + operator + montajyor) xullas, syomka qiladigan studiyamiz bor. endi asosiy maqsad — studiyani rivojlantirish, mijozlar oqimini kengaytirish va doimiy mijozlar sonini oshirish. shu sababli media marketing sohasini tushunadigan, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega, operatorlik va montaj ishlari ham qoʻlidan keladigan mas’uliyatli insonni jamoamizga taklif qilamiz. ish davomida studiyaning reklama va marketing ishlarini yoʻlga qoʻyish, yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlar bilan ishlash va studiyani yanada rivojlantirish asosiy vazifalardan biri boʻladi. hozirgi kunda studiyamizning 3 ta doimiy mijozi bor. maqsadimiz esa aynan shu doimiy mijozlar sonini sezilarli darajada ko’paytirish. ish haqi masalasi foiz asosida kelishiladi. studiyaga tushgan puldan, ya’ni sof foydadan 45% ulush menejerga beriladi. hozirda studiya narxi soati 150 000 soʻm. yaxshi ishlaydigan, mas’uliyatli va rivojlanishga intiladigan inson uchun oyiga 10 000 000 soʻm yoki undan ham ko’proq daromad topish imkoniyati bor, inshaalloh. kelajakdagi rejalarimiz ham katta. faqat studiyani yuritish emas, balki professional marketing jamoasi tashkil qilish niyatimiz ham bor. shuning uchun uzoq muddatli hamkorlikni istaydigan, o’z ustida ishlaydigan va birga o’sishni xohlaydigan insonlar kerak. target reklama xarajatlari korxona tomonidan qoplanadi, ya’ni target uchun mablag’ni studiyaning o’zi ajratadi. bizga eng muhimi — halol, diyonatli, mas’uliyatli va rivojlanishni istaydigan inson kerak. agar o’zingizga ishonsangiz va natija qilishga tayyor bo’lsangiz, bemalol murojaat qiling. birgalikda katta natijalarga erishamiz, inshaalloh. #ishJoyi #Toshkent

O'xshash vakansiyalar

Mantajyor · Shox Studio · IshKon